Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy o‘tgan hafta jamoasiga o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgan. Buning dastlabki tasdig‘i 5 mayda ko‘rinishi mumkin – bu harbiy holatni uzaytirish bo‘yicha parlament ovoz berishining oxirgi muddati, chunki joriy harbiy holat 9 mayda tugaydi. Harbiy holatning bekor qilinishi saylovlar o‘tkazilishiga imkon yaratadi. Manbalarga ko‘ra, saylovlarni iyul oyi boshida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
"Zelenskiy shunday yo‘l bilan raqiblarini kutilmaganda qoldirishga urinyapti. U tezkor saylov kampaniyasini o‘tkazib, qisqa muddatda jiddiy raqiblarsiz nomzodini qo‘yishga umid qilmoqda", deb yozadi gazeta.