Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish diplomatiya uchun fojia bo‘ladi – Ukraina prezidenti

 Hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish diplomatiya uchun fojia bo‘ladi – Ukraina prezidenti

Vladimir Zelenskiy Parijda o‘tkazilgan sammitda so‘zlagan nutqida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish mumkin emasligini ta’kidladi.

"Moskva Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish uchun bizning hamkorlarimizni o‘z shartlariga majbur qilmoqchi, ammo bu shartlar real emas. Hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish diplomatiya uchun fojia bo‘ladi. Chunki sanksiyalar Rossiyani jiddiy muzokaralarga majbur qilish uchun dunyoning qo‘lidagi kam sonli haqiqiy vositalardan biridir", — deya o‘z fikriga izoh berdi Zelenskiy.

"Hozir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish vaqti emas", — deya ta’kidladi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Stramer cammitdan so‘ng.

Kiritildi: 21:46 27.03.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!