Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Hovli dekorasiyasi: O‘zbekiston COP29'da o‘ziga xos pavilyon yaratdi

Hovli dekorasiyasi: O‘zbekiston COP29'da o‘ziga xos pavilyon yaratdi

Ertaga, 11 noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida «Yashil dunyo uchun birdamlikda» (In Solidarity for a Green World) shiori ostida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) o‘z ishini boshlaydi.

COP29 doirasida O‘zbekiston hukumati har bir tong g‘amxo‘rlik va iliqlik bilan boshlanadigan har bir xonadonning yuragi bo‘lgan an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan me’moriy konsepsiyasi asosidagi Milliy pavilyonni taqdim etadi. Yashillik va uzumzorlar bilan bezatilgan bu oilaviy hayot markazi inson va tabiatning uyg‘un yashashini anglatadi.

Pavilyon O‘zbekistonning barqaror, an’anaviy materiallari va vaqt sinovidan o‘tgan, mamlakat iqlimiga mos qadimiy usullardan foydalangan holda qurilgan. Unda o‘ziga xos suvoq, ayvon va tapchan kabi an’anaviy elementlar aks etgan. Hovlidagi bu uchta element qulay va ekologik toza makon yaratish uchun birlikda ishlaydi. Suvoq haroratni barqarorlashtiradi va uyga estetik issiqlik qo‘shadi, ayvon muloqot uchun salqin va ochiq joy yaratadi, tapchan esa oilaviy dam olish markaziga aylanadi. Ular birgalikda tabiatga g‘amxo‘rlik qilish, oilaviy an’analar va o‘zbek xonadonidagi farovonlik kabi madaniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Ichkarida barqarorlik» pavilyonida mamlakatning o‘ziga xos madaniyati, tarixi va tabiati bilan shakllangan an’anaviy qadriyatlar va yondashuvlar haqida so‘z boradi.

Kiritildi: 21:40 10.11.2024. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!