Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitusiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitusiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi (https://t.me/qonunchilikpalatasi/22545).

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada xalq deputatlari kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma o‘z aksini topgan.

Kiritildi: 12:57 09.07.2024. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!