Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hokim yordamchisi mojarosi: Bosh prokuratura Toshkent shahar hokimligini yolg‘on ma’lumot berishda ayblamoqda

Hokim yordamchisi mojarosi: Bosh prokuratura Toshkent shahar hokimligini yolg‘on ma’lumot berishda ayblamoqda

Avvalroq Bosh prokuratura Toshkent shahri Shayxontohur tumanida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi M.F. 20 nafar fuqarolarga elektron tarzda bergan tavsiyanomalariga asosan, qabul qilib olgan elektron kalitlardan foydalangan holda jami 427,7 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Ammo Toshkent shahar hokimligi bu xabarni inkor etib, M.F. o‘tgan yilning noyabr oyida o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Biroq Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hokimlik yolg‘on ma’lumot bermoqda. Ya’ni M.F. 2022 yilning 7 oktyabr kunidan 2024 yilning 29 noyabr kuniga qadar Shayxontohur tumani "Kamolon Darvoza" mahalla fuqarolar yig‘inining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib, tuman hokimining 14.12.2024 yildagi tegishli qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

M.F. aynan hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan davrida muqaddam e’lon qilingan xabardagi qilmishlarni sodir etgan.

Kiritildi: 19:09 04.02.2025. O'qildi: 2296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!