Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Hojimat Erkinov: "Men hamma alimentlarimni to‘lab, joy-joyiga qo‘yganman"

Hojimat Erkinov:  "Men hamma alimentlarimni to‘lab, joy-joyiga qo‘yganman"

Kun.uz muxbiri O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov bilan bog‘lanib, vaziyat haqida fikrlari bilan qiziqdi.

«Aliment masalasiga kelsak, bilasiz, aliment to‘lamagan odam O‘zbekistondan chiqarib yuborilmaydi. Men hamma alimentlarimni to‘lab, joy-joyiga qo‘yganman. Bu haqdagi cheklarim ham bor, buni isbotlab berishim ham mumkin.

2023 yil oktyabr oyida bolam tug‘ilgan, meni dekabr oyida alimentga berishdi. Dekabrning o‘zida 4,5 ming dollar to‘lab berganman, keyin yanvar oyidan boshlab iyunga qadar 300 dollardan to‘lab kelaman. Menimcha, bu bir bolani eplab olishga yetadi»

U aliment uchun to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi cheklarni tahririyatga taqdim etdi. Una ko‘ra, Erkinov 2024 yil 8 fevral kuni 63 mln 466 ming so‘m miqdorda alimentni 2023 yil dekabr oyi uchun to‘lagan. Bu uning aliment uchun ilk to‘lovi bo‘lgan va bu BAAning «Al-Vahda» klubi bilan shartnoma imzolaganidan 1 kun o‘tib amalga oshgan. Erkinov sud buyrug‘i chiqqandan buyon to‘lagan alimentining jami miqdori 86 mln 736 ming so‘mni tashkil qilgan.

Erkinov Kun.uz muxbiriga ham shartnoma shartlari sabab «Al-Vahda»dagi daromadini ochiqlay olmasligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:52 10.07.2024. O'qildi: 6182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!