“Hizbulloh”ning yangi rahbari Isroil bilan "tegishli va mos shartlar asosida" sulh tuzishga tayyorligini bildirdi.
Naim Qosim bu haqda “Hizbulloh” yetakchisi etib tayinlanganidan keyingi ilk murojaatida e’lon qildi.
AFP xabariga ko‘ra, Naim Qosim harakatning oldingi rahbari Hasan Nasrullohning harbiy rejasini davom ettirishga "qasam ichgan". Qosim shuningdek, agar SAXAL Livan hududida qolsa, Isroil buning uchun "katta tovon to‘lashini" aytgan.
Shu bilan birga, “Hizbulloh” rahbari agar Netanyahu hukumati "tajovuzni to‘xtatmoqchi bo‘lsa", guruh Isroil bilan sulh tuzishi mumkinligini aytdi.
"Biz sulhga rozi bo‘lamiz. Lekin u bizga mos va maqbul deb hisoblagan shartlar asosida bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Qosim.