Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hizbulloh Isroilga qarshi urushda HAMAS uslubidan foydalanmoqda

A A A
Hizbulloh Isroilga qarshi urushda HAMAS uslubidan foydalanmoqda

Hizbulloh Livanning tog‘li hududidan muvaffaqiyatli foydalangan holda qarshilik jangchilariga Isroil havo hujumlaridan yashirinishga yordam beruvchi tunnellar tarmog‘ini yaratdi, deb yozadi Al-Sharq Al-Awsat.

Iste’fodagi brigada generali Fadi Dovudning so‘zlariga ko‘ra, Hizbullohning taktikasi Isroilni o‘ta og‘ir harbiy amaliyotlarga tortib ketishi mumkin. Uning aytishicha, tunnellardan boshpana sifatida foydalanish va eng kutilmagan joylarda yer ostidan hujum qilish ehtimoli "dushmanning barcha harbiy ustunliklarini nolga tushiradi".

"Isroil armiyasi kuchli havo kuchlariga ega bo‘lsa-da, tunnellar tarmog‘ining mavjudligi ularni nishonlarni ko‘rish qobiliyatidan mahrum qiladi, bu esa aviasiya samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi", - deb ta’kidladi Fadi Doud.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil 60 metrgacha chuqurlikdagi bunker va tunnellarni yo‘q qilishga qodir bombalar bilan qurollangan, ammo ulardan foydalanish uchun, baribir, bunker yoki tunnel qayerda joylashganligini bilish kerak. Generalning so‘zlariga ko‘ra, hech kim tunnellar qayerda joylashganini aniq bilmaydi, biroq ular Isroil chegarasidan shimolda, Livan hududiga taxminan 7 km chuqurlikdagi hududni qamrab olgan bo‘lsa kerak. Xuddi shu narsa Isroilning Hizbullohni Litani daryosidan nariga surib tashlash istagini asoslaydi.

Bayrutdagi Amerika universitetining seysmologiya va geologiya fanlari doktori Toni Nemerning fikricha, Livanda tunnel qurish boshqa joylarga qaraganda ancha oson, chunki Livan tog‘larining 80 foizi ohaktoshdan iborat. Shuningdek, u tog‘larda tabiiy ravishda paydo bo‘lgan g‘orlarning keng tarmog‘i ham mavjudligini aytdi.

Kiritildi: 09:10 31.07.2024. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!