Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 390 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Jabaliya lageri, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 143 kishi halok bo‘ldi, ulardan 132 nafari sektor shimolida. Urush boshlanganidan buyon 43 163 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘azo shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joy binolariga ikki marta yirik ishg‘ol hujumi natijasida 112 kishi halok bo‘ldi, yana 40 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Qalqilya, Shuafat lageri, Baytlahm va Al-Xalilda ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 36 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Bayt Xilel bazasi va Kiryat Shmona, Nahariya, Kfar Yuval, Maayan Baruch va Miron aholi punktlariga zarbalar berildi. Shu soatlarda Hayfa, Tel-Aviv va Netaniyada sirenalar yangradi.
▪️Isroil armiyasi “qora oktyabr”da 80 ta fuqarosi, jumladan, 64 ta harbiy xizmatchi va polisiyachi, 19 ta kelgindi yahudiy o‘lganini tasdiqladi. Ularning 33 tasi Livan janubida, 19 tasi G‘azo sektorida yo‘q qilingan.
▪️Iroq qarshilik kuchlari bosib olingan hududlar shimolidagi harbiy ob’ektga hujum qildi.
▪️Isroil bombardimonlari natijasida 24 soat ichida butun Livan bo‘ylab 77 kishi halok bo‘ldi. 2023 yil 8 oktyabrdan buyon halok bo‘lgan livanliklar soni 2 792 nafarga yetdi.
▪️Bir necha oy ichida Isroilning Livanga hujumlari oqibatida 100 dan ziyod bola halok bo‘ldi. Har kuni o‘rtacha ikki bola qurbon bo‘lmoqda.
▪️Dunyo bo‘ylab minglab yozuvchilar Isroil madaniyat muassasalariga nisbatan eng yirik boykot va’da qilingan xatga imzo chekishdi.
▪️Fransiya prezidenti Makron Marokash parlamentida so‘zlagan nutqida “HAMAS vahshiy tashkilot va Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega” dedi. Uning so‘zlari olqishlar bilan kutib olindi.