Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroil shimoliga 13 iyun kuni 150 dan ortiq raketa uchirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Isroil ommaviy axborot vositalari “Hizbulloh” hujumi oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘lganini aytgan. 15 ta ob’ektda keng ko‘lamli yong‘inlar yuzaga kelgan.
“Hizbulloh” hodisa yuzasidan maxsus bayonot e’lon qilib, operasiya “Falastin xalqi va G‘azodagi jasur hamda sharafli qarshilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda sionist dushmanning Jouyada amalga oshirgan xunrezligiga qarshi javob kontekstida” amalga oshirilganini e’lon qilgan.
Livandan uchirilgan raketalarning mo‘ljalga yetib borish intensivligi haqida hozircha ma’lumot mavjud emas. Tel-Aviv rasmiylari raketalarning ko‘pchiligi havodayoq urib tushirilganini bildirgan.