Agentlik suhbatdoshlaridan ikki nafari Nasrullohning tanasida ochiq jarohatlar yo‘qligini ma’lum qildi.
"Aftidan, Hizbulloh rahbarining o‘limiga portlash to‘lqini oqibatida yuzaga kelgan to‘mtoq jarohatlar sabab bo‘lgan", deya xabar beradi Reuters .
Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrulloh juma kuni Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrutga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgan edi. Bugun SAXAL Hizbullohning yana bir qo‘mondoni Nabil Kauk o‘ldirilganini e’lon qildi.