Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

“Hizbulloh” yetakchisi Livan va Isroil o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini rad etdi

“Hizbulloh” yetakchisi Livan va Isroil o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini rad etdi

Eron qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” guruhi Livan va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish sulhini rad etdi. Tel Aviv esa bunga javoban Livandan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmasligini ta’kidladi.

“Hizbulloh” rahbari Naim Qosim AQSh vositachiligida Isroil va Livan hukumati o‘rtasida tuzilgan kelishuvni rad etdi. Guruh bu muzokaralarda ishtirok etmagan. Hozircha Isroil yoki Livan bu bayonotga rasmiy munosabat bildirmadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Livan masalasida siljish borligiga ishonishini ma’lum qildi. Avvalroq Tramp Vashington tashabbusi bilan erishilgan sulhlar Livandagi urushni butunlay to‘xtatmaganini, balki otishmalarni birmuncha kamaytirganini aytgan edi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining “Quds” kuchlari qo‘mondoni Isroil kamida urush boshlanishidan oldingi pozisiyalariga qaytishi shartligini bildirdi.

Isroil Livan janubiga zarbalar berishda davom etmoqda. Isroil mudofaa vaziri Israel Kas mamlakat qo‘shinlari ortga chekinmasligini va operasiyalarni to‘xtatmasligini ma’lum qildi. Isroil mart oyida Eron bilan urushga parallel ravishda Livanga bostirib kirgan edi. Bu “Hizbulloh”ning Isroilga qarata raketalar uchirganiga javob sifatida amalga oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!