Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV..

Mamlakatning shimoli-sharqida 29-maydan beri yog‘ingarchilik davom etmoqda. Tabiiy ofatlarni boshqarish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, suvga cho‘kish va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar qayd etilgan.

So‘nggi 10 kun ichida Hindistonda 552 ta ko‘chki sodir bo‘ldi. Yomg‘ir tufayli 152 ta uy qulagan yoki vayron bo‘lgan. 300 dan ortiq oila yer ko‘chkisi yoki uylariga shikast yetganligi sababli boshqa joyga ko‘chirilgan va tabiiy ofat tufayli evakuasiya qilinmoqda.

Kiritildi: 15:55 05.06.2025. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!