Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindistonda yuz bergan ko‘chki kamida 18 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi

A A A
Hindistonda yuz bergan ko‘chki kamida 18 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatidagi Bilaspur tumanida 30 yo‘lovchini olib ketayotgan xususiy avtobusni bosib ketgan kuchli ko‘chki oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda India Today nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chki Ballu ko‘prigi yaqinida sodir bo‘lib, Marotandan Kalaulga ketayotgan avtobusni butunlay ko‘mib tashlagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va Bosh vazirning yordam jamg‘armasidan tovon puli to‘lanishini e’lon qildi.

Kiritildi: 06:30 08.10.2025. O'qildi: 1295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!