Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda o‘lim haqidagi guvohnomasida marhumga «porloq kelajak» tilagi yozib qoldirildi

A A A
Hindistonda o‘lim haqidagi guvohnomasida marhumga «porloq kelajak» tilagi yozib qoldirildi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida marhumga porloq kelajak tilangan o‘lim haqidagi guvohnoma berildi. Bu haqda NDTV ma’lum qildi.

Keksa otasi vafot etgach, Sirvariya qishlog‘ida yashovchi kishi qishloq boshlig‘i Babulalga murojaat qilib, vafot etganlikni taqdirlovchi hujjat yozib berishni so‘ragan. Babulal iltimosni bajargan va hujjat so‘ngida «Unga porloq kelajak tilayman», deb o‘zidan tilak ham qo‘shib qo‘ygan.

Guvohnoma surati internetda tarqalib, mashhur bo‘lib ketgan. Shundan so‘ng Babulal uzr so‘ragan va uning o‘rniga marhumga atalgan hech qanday tilaklar bo‘lmagan yangi hujjat yozib bergan.

Kiritildi: 20:05 02.03.2020. O'qildi: 1601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!