Hindistonning Chxattisgarx va Uttar-Pradesh shtatlarida so‘nggi ikki kun ichida ikki alohida poyezd avariyasi sodir bo‘ldi.
Bilaspur, Chxattisgarx: Yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashdi. Natijada 11 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Relslar tozalangach, poyezdlar harakati tiklandi.
Mirzapur, Uttar-Pradesh: Poyezd temir yo‘l bo‘ylab piyodalarni urdi va 6 kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni hozircha ma’lum emas.
Hindiston temir yo‘llari hodisalar sabablarini o‘rganishni e’lon qildi va halok bo‘lganlar hamda jarohatlanganlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi.