Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatidagi petardalar omborida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
Bu haqda mahalliy polisiyaga tayanib, xorijiy OAV xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, portlash kuchi va yong‘in oqibatida ombor binosining bir qismi qulab, vayronalar ostida bir necha kishi qolib ketgan.