Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindistonda emlanganlarda ham xavfli koronavirus mutasiyasi aniqlandi

A A A
Hindistonda emlanganlarda ham xavfli koronavirus mutasiyasi aniqlandi

Dehlidagi Butunhindiston tibbiyot fanlari instituti olimlari hatto vaksina olganlarga xavfli bo‘lgan koronavirusning uchta shtammini birlashtirgan mutasiyasini aniqlashgan.

Bu haqda "News Bytes“ nashri xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, hind shifokorlari yaqinda emlanganlar orasida virus yuqtirishning 63 holatini qayd etishgan. Ulardan 36 nafari vaksinaning ikki dozasini olib bo‘lgan. 27 nafari faqat bitta dozani qabul qilgan. Virus bilan zararlanganlarning ayrimlari Buyuk Britaniyaning ”Covishield“, ba’zilari esa Hindistonning ”Covaxin” vaksinasi bilan emlangan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, emlangan bemorlar uchta shtammni o‘z ichiga olgan mutasiya — V.1.617 viruslar qatorini yuqtirgan.

Birinchi marta ushbu yo‘nalish shtammlari Hindistonning Maxarashtra shtatida qayd etilgan edi. Ta’kidlanishicha, ushbu agressiv mutasiyalar mamlakatda pandemiyaning og‘ir yana bir to‘lqini keltirib chiqarishi mumkin.

Kiritildi: 17:20 05.06.2021. O'qildi: 2025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik