18 filning o‘limi sabablarini o‘rgangan tergov guruhi toksin yoki zahar ta’sirini istisno qildi. Assam shtatining Nagaon shahri yaqinidagi tepalikdan o‘lik holda topilgan hayvonlar kamida 39000 amperlik yuqori kuchga ega bo‘lgan "tasodifiy chaqmoq" tufayli nobud bo‘lishdi, deb yozadi Indian Express.
Tekshiruvni o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi muovini K.K.Dori boshchiligidagi olti nafar veterinariya guruhi olib bordi. "To‘liq hisobot, shu jumladan, tekshiruv natijalari va tegishli rasmiylarning xulosalari, chaqmoq fillar podasining o‘limiga sabab bo‘lganligini isbotladi", - deb yozgan Assam shtati o‘rmon xo‘jaligi vaziri Parimal Suklabaidya o‘zining mikroblogida.
11 maydan 12 mayga o‘tar kechasi Kundoli o‘rmon qo‘riqxonasidagi Bamuni tepaligida o‘n sakkizta fil vafot etdi. Tergov guruhining qo‘shimcha qilishicha, meteorologik hisobotlar va yaqin atrofdagi qishloqlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, chaqmoq va momaqaldiroq falokatga sabab bo‘lgan. Keyinchalik chaqmoq chaqishlarining umumiy soni 350 taga yetdi. Hayvonlar o‘lgan joyda o‘rtada bo‘linib ketgan yonib ketgan daraxtlar ham topildi.