Hindiston poytaxtida avtomobil portlashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NDTV
Nyu-Dehlining aholi zich yashaydigan hududida, tarixiy Qizil qal’a (Red Fort) yaqinida avtomobil portlashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda telekanal.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, metro bekati yaqinida to‘xtab turgan avtomobil portlashi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Yana 24 kishi yaralangan.
Portlash sababi hozircha noma’lum. Hodisa joyiga kriminalistlar va texnik ekspertlar yetib borgan.
Bundan tashqari, voqea joyiga 25 ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi yuborilgan, polisiya butun hududni o‘rab olgan. Qizil qal’ada transport harakati ham cheklangan.