Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda avtobuslar to‘qnashdi: 6 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda avtobuslar to‘qnashdi: 6 kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatida ikkita xususiy avtobusning to‘qnashuvi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqida mahalliy polisiya ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Baxtsiz hodisa Tamilnadu shtati poytaxti Chennay shahridan 550 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Tenkasi okrugidagi qishloqda sodir bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng mahalliy hukumat keng ko‘lamli qutqaruv operasiyasini boshlab, jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin, chunki jarohatlanganlarning ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Kiritildi: 22:22 25.11.2025. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!