Hindiston shimoli-sharqidagi Arunachal-Pradesh shtatida ko‘chki oqibatida kamida yetti nafar harbiy xizmatchi bedarak yo‘qoldi. Voqea Kameng daryosi atrofida sodir bo‘lgan. Bu haqda dushanba kuni NDTV telekanali ma’lum qildi.
Mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli kuchlar qidiruv-qutqaruv operasiyasini boshlagan. Ko‘chki sodir bo‘lgan hududga maxsus guruhlar yuborilgan, bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda.