Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston zaxira kuchlarini xizmatga chaqira boshladi

Hindiston zaxira kuchlarini xizmatga chaqira boshladi

Hindiston hukumati armiya boshlig‘iga ko‘ngilli zaxira kuchlarini, hududiy armiyani Hindiston Qurolli Kuchlariga yordam berish uchun chaqirishga ruxsat berdi. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.

Bu qadam Pokiston bilan mojaroning kuchayishi fonida qilingan, deya aniqlik kiritmoqda agentlik.

Zaxira kuchlari muntazam armiyani himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Endi armiya qo‘mondoni "har bir ofiserni va zaxira armiyaga kirgan har bir kishini" chaqirish huquqiga ega.

Hindiston hududiy armiyasi 1949 yilda tuzilgan.

8 may kuni Hindiston va Pokiston zamonaviy aviasiya tarixidagi eng yirik havo janglaridan birini o‘tkazdi. Yuzdan ortiq jangchilar taxminan bir soat davomida zarbalar almashishdi. Tomonlardan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.

Kiritildi: 06:55 10.05.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!