Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindiston va AQSh oxirgi savdo kelishmovchiligini hal qildi

Hindiston va AQSh oxirgi savdo kelishmovchiligini hal qildi

Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti oldidan Hindiston va AQSh Jahon Savdo Tashkilotida kelishmovchiliklarga sabab bo‘layotgan so‘nggi masalalarni hal qilishdi. 8-sentyabr kuni AQSh Savdo vakili Ketrin Tayning aytishicha, kelishuv ikki tomonlama munosabatlarda “yangi sahifa ochadi”.

Ikki davlat o‘rtasidagi so‘nggi hal etilmagan mojaro bu — Hindistonning qush grippi qo‘rquvi tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlaridan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlari. Endi Nyu-Dehli ba’zi Amerika mahsulotlari, jumladan muzlatilgan kurka, o‘rdak va boshqa bir qator mahsulotlar uchun bojlarni kamaytirishga rozi bo‘ldi.

“Bu harakat amerikalik ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy istiqbollarini yaxshilaydi”, deydi Vashington.

Oq uy ikki davlat o‘rtasidagi "yaqin va davom etayotgan hamkorlikni" alohida qayd etdi.

Iyun oyida Hindiston va Qo‘shma Shtatlar 6 ta munozarali masalani hal qilishdi. Keyin Nyu-Dehli Qo‘shma Shtatlardan no‘xat va yasmiq uchun tariflarni kamaytirishga rozi bo‘ldi. Hindiston Bosh vaziri va AQSh Prezidenti kelgusi hamkorlikni muhokama qildi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mudofaa, astronavtika va tadqiqot sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar, bu haqda qo‘shma bayonotda aytilgan.

Kiritildi: 11:59 09.09.2023. O'qildi: 3751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!