Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindiston universitetlarining birida o‘zbek tili kursi ochildi

A A A
Hindiston  universitetlarining birida o‘zbek tili kursi ochildi

21 oktyabr — o‘zbek tili bayrami nafaqat yurtimiz bo‘ylab, balki butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. Xususan, Hindostondagi Javaharlal Neru universitetida ham tadbir tashkil etildi.

Hindistonning Javaharlal Neru universitetida o‘zbek tili kurslari ochildi

Sana munosabati bilan yurtimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Javaharlal Neru universitetiga tashrif buyurib, universitetning Xorijiy tillar, adabiyot va madaniyat maktabi dekani Mazxar Asif bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axbarot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Javaharlal Neru universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi ikkinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Dastlabki bosqichda o‘zbek tili kurslari ushbu universitet talabalari uchun qo‘shimcha (fakultativ) dastur sifatida tashkil qilingan. Kelasi o‘quv yilidan boshlab esa mazkur o‘quv kurslari bitiruvchilariga tegishli sertifikatlar taqdim etiladi.

Ta’kidlanishicha, Mazxar Asif yangi ochilgan o‘zbek tili kurslarni hind yoshlari orasida ommalashtirish, uning faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistondagi tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikka tayyor ekanini qayd etdi.

"O‘zbek tili bayrami kuni arafasida ushbu o‘quv yilidan boshlab universitetimizdagi fors va Markaziy Osiyo tillarini o‘rganish markazida o‘zbek tilini o‘qitish kurslari ochilganligini quvonch bilan ta’kidlamoqchiman. O‘zbek tili haqida so‘z ketganda biz faqatgina til emas, balki umumiy tarix, boy madaniyat, san’at, qadriyat va inson uchun qadrli bo‘lgan ko‘plab jihatlarni tushunamiz" — deydi Javaharlal Neru universiteti Xorijiy tillar, adabiyot va madaniyat maktabi dekani Mazxar Asif.

Ma’lumot uchun: Javaharlal Neru universiteti Xorijiy tillar, adabiyot va madaniyat maktabi universitet tarkibiga kiruvchi eng yirik muassasalardan biri bo‘lib, u yerda bugungi kunda 13 ta markaz va 200 nafardan ortiq professor va dosent faoliyat olib bormoqda.

Kiritildi: 00:48 22.10.2021. O'qildi: 3075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik