Avvalroq Reuters agentligi mudofaa sanoati vakillari, shuningdek, Yevropa va Hindistonning bir necha rasmiylariga tayanib, Hindiston Yevropa davlatlari hind mudofaa kompaniyalaridan artilleriya snaryadlarini sotib olayotganidan va keyinchalik ularni Ukrainaga yetkazib berayotganidan xabardor ekanini ma’lum qilgan edi.
The Economic Times nashri ham Kiyev uchun Hindistondan o‘q-dorilar sotib olingani va keyinchalik Yevropa Ittifoqi davlatilaridan biri orqali Ukrainaga yetkazilganligi haqida manbalariga tayanib yozgan edi. Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyida Hindiston xavfsizlik idoralari ushbu masala bo‘yicha tergov boshlagan. Keyinroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ham Ukrainaga artilleriya snaryadlari yuborilganini rad etgan edi.