Putin Lula da Silvaga Ukraina bo‘yicha o‘z pozisiyasini bayon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliya yetakchisi Luis Inasiu Lula da Silvaga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga «ruscha prinsipial baho» berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Luis Inasiu Lula da Silvaning Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini izlashga hissa qo‘shishdan manfaatdorligini inobatga olgan holda, Vladimir Putin Rossiyaning bu boradagi prinsipial baholarini bayon qildi», — deyiladi Kreml bayonotida.
Lula da Silvaning idorasi aniqlik kiritishicha, davlat rahbarlari Braziliya va Xitoyning bu boradagi takliflarini muhokama qilgan.
Suhbat chog‘ida Vladimir Putin Braziliya hududlaridagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan yordam berishni taklif qilgan.