Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Putin ko‘proq ruslarni frontga jo‘natmoqchi. Ammo oqibatlaridan qo‘rqadi

Putin ko‘proq ruslarni frontga jo‘natmoqchi. Ammo oqibatlaridan qo‘rqadi

Oxirgi haftada mish-mishlar yana kuchaydi, yaqin kelajakda, ehtimol, oktyabr oyida Rossiyada yangi safarbarlik to‘lqini e’lon qilinadi. Xususan, Rossiya telegram kanallari, shuningdek, G‘arb OAVlari, jumladan nufuzli The Wall Street Journal nashri ham bu haqda yozmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin may oyida inaugurasiyasidan bir necha oy oldin Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlari bilan uchrashgan (o‘shanda mudofaa departamentini hali ham Sergey Shoygu boshqarayotgan edi), ular yangi safarbarlik o‘tkazishni talab qilgan.

Ammo Putin bu fikrni rad etgan va shartnoma asosida ishlaydigan ko‘ngillilarga tayanmoqchi ekanligini aytgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

Nashrning yozishicha, harbiylar «inson resurslari tugashi» sababli safarbarlikni talab qilgan.

«Hozirda urushning dastlabki maqsadlariga erishish, Ukrainani urushdan chiqarib yuborish, uning harbiy salohiyatiga putur yetkazish yoki Rossiya hududining chegaradosh hududlarini himoya qilish uchun yetarli kuchlar yo‘q... tobora ko‘proq odamlar safarbarlik muqarrar deb aytishmoqda», - dedi nashrga generallar o‘rtasidagi suhbatdan xabardor shaxs.

Nashrning fikricha, Rossiya prezidenti siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlardan qo‘rqib, safarbarlikka shoshilmayapti. Chunki mobilizasiya rus jamiyatida mashhur emas. Bundan tashqari, bu ishchi kuchi yetishmasligi muammosini oshiradi.

“Rossiya rahbarlari, shuningdek, safarbarlik urush haqidagi jamoatchilik fikrida o‘rnatishga harakat qilgan nozik muvozanatni buzishidan qo‘rqishadi. Ular urushni qahramonona, ammo uzoq davom etgan to‘qnashuv sifatida ko‘rsatishga intilishadi. Ular rossiyaliklar urush natijasida daromadlarning ko‘payishi va boylikni qayta taqsimlash bilan bir qatorda normal hayot kechirishda davom etishlarini his qilishlarini xohlashadi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:36 19.09.2024. O'qildi: 2047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!