Isroil Tashqi ishlar vazirligi, Xalqaro Jinoiy Sudning Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish haqidagi mavjud bo‘lmagan qarorini qoralagan bayonotni muddatidan oldin tarqatib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi.
«Isroil davlati Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning Isroil Davlati Bosh vaziri va Mudofaa vaziriga nisbatan hibsga olish uchun order berishni ma’qullash haqidagi bema’ni va sharmandali qarorini rad etadi», deyiladi bayonotda. tezda vazirlik veb-saytidan olib tashlandi.
Voqea e’tiborni Isroil razvedkasining XJC bilan bog‘liq avvalroq e’lon qilingan faoliyatiga qaratdi. Isroil sudda josuslik qilish bilan mashhur va tez-tez bo‘lajak qarorlar haqida oldindan ma’lumot oladi.
XJS Bosh prokuror Karim Xonning Netanyaxu va Galantni xalqaro hibsga olishga order berish haqidagi so‘rovini to‘rt oy davomida ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha qaror e’lon qilinmagan.