Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni qarorini o‘zgartirmaydi

A A A
Saudiya Arabistoni qarorini o‘zgartirmaydi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud, poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratmasdan turib, Saudiya Arabistoni Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi, dedi.

«Qirollik poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish yo‘lida qattiq mehnat qilishdan to‘xtamaydi va busiz Qirollik Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmasligini ta’kidlaymiz», - dedi valiahd shahzoda.

Saudiya Arabistoni bosh vaziri «Falastin masalasi qirollikning diqqat markazida» ekanini ta’kidladi. U Falastin mustaqilligini tan olgan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi va boshqa davlatlarni ulardan o‘rnak olishga chaqirdi.

Saudiya Arabistoni qirollikning pozisiyasi shundan iboratki, u Isroilni tan olmaydi va 1967 yildagi poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan chegaralarda Falastin davlati tuzilmaguncha va tan olinmaguncha u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi, deb bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 18:48 19.09.2024. O'qildi: 16801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!