Alaudinov o‘zining Telegram kanalida ukrainalik harbiylar tomonidan asirga olingan chechenlarning qarindoshlari unga yaqinlarini ozod qilishda yordam so‘rab murojaat qilishayotganini yozdi.
Buni izohlar ekan, Alaudinov "qadimdan chechenlar taslim bo‘lishni eng katta sharmandalik deb bilishganini" va u Ukraina Qurolli kuchlariga ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lgan askarlarni qutqarmasligini aytdi.
"Men ularni umuman hurmat qilmayman. Men uchun ular hatto yashashga ham loyiq emas", — dedi Alaudinov asirga olingan chechenlar haqida va ularga "o‘rnidan turib, ukrainaliklarga hujum qilishni, hayotini erkakdek tugatishni" maslahat berdi.