Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

“Inbazar” faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatyaptimi?

“Inbazar” faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo do‘konlari tarmog‘idagi xodimlar soni to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritmoqda:
▫️"IN MAG" MCHJ;
▫️"GO TREND" MCHJ;
▫️"KDS SALES" MCHJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik sub’ektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan.

Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Soliq organlari tomonidan 2024 yilning o‘tgan davrida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik sub’ektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgan “Inbazar” MCHJ tadbirkorlik sub’ekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.
___________

Kiritildi: 13:26 19.09.2024. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!