Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindiston shtatidagi saylovlardan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda yuzlab kishi hibsga olindi

Hindiston shtatidagi saylovlardan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda yuzlab kishi hibsga olindi

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida o‘tgan saylovlardan so‘ng boshlangan zo‘ravonliklar natijasida kamida uch kishi halok bo‘ldi, jumladan, Bosh vazir Narendra Modining "Bxaratiya Janata Parti" (BJP) yetakchilaridan birining yordamchisi ham qurbon bo‘lgan.

​Saylovda Modi boshchiligidagi BJP partiyasi 2011 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Mamata Banerjining "Trinamul Kongress" partiyasi ustidan g‘alaba qozongan. Biroq Banerji iste’foga chiqishdan bosh tortib, Saylov komissiyasini raqiblar bilan til biriktirganlikda ayblamoqda.

​Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, shtat bo‘ylab sodir etilgan zo‘ravonliklar yuzasidan 200 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va 433 kishi hibsga olingan. Ikkala siyosiy kuch ham hujumlarda bir-birini ayblamoqda.

Ma’lumot uchun, G‘arbiy Bengaliyada 2021 yilgi saylovlardan keyin ham shunga o‘xshash tartibsizliklar yuz berib, o‘nlab kishi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:19. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!