Hindiston Ozarbayjonning SHHTga to‘laqonli a’zo sifatida kirishiga yana bir bor veto qo‘ydi. Bu haqda Ozarbayjonning AnewZ nashri manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Vaziyat bilan tanish bo‘lgan rasmiylarning ma’lum qilishicha, Hindistonning jarayonni to‘sib qo‘yish qarori ko‘p tomonlama diplomatiya va "Shanxay ruhi" tamoyillariga zid keladi. Shu bilan birga, bu ikki tomonlama nizolarni ko‘p tomonlama hal qilishdan bosh tortishni nazarda tutadi, deb yozadi nashr.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Dehlining bu pozisiyasi Ozarbayjon va Pokiston o‘rtasidagi "birodarlik munosabatlari" bilan izohlanadi. Boku hozirda SHHTda "muloqot bo‘yicha hamkor" maqomiga ega.
Shu bilan birga, Xitoy Ozarbayjonning arizasini qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, AnewZ manbalari Pokistonning Armaniston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi yaqinda qabul qilingan qarori Boku bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilingani va bu voqeani Armaniston-Ozarbayjon munosabatlarining bevosita natijasi sifatida ko‘rish kerakligini ma’lum qildi.