WhatsApp messenjerining foydalanuvchilari soni joriy yilning boshidayoq 1,5 milliarddan oshgan. Facebook kompaniyasi egalik qilayotgan servislar ichida ayni shu mahsulot eng ommalashganidir.
Mazkur messenjerning 250 milliondan ziyodroq foydalanuvchisi Hindistonda yashaydi. Ushbu mamlakat hukumati esa WhatsApp ma’muriyatidan undagi yozishmalarni shifrlamaslikni talab qilmoqda. WhatsApp vakillari hozirda buni rad etib, messenjerning maxfiylikka suyanishini ta’kidlashmoqda.
Lekin shunisi ham borki, yozishmalarga kirish huquqini hukumatga taqdim etmaydigan messenjerlarni bloklaydigan Rossiyada WhatsApp hech bir muammosiz ishlamoqda.
Manba: terabayt.uz