Hind delegasiyasi tarkibida elita hisoblangan Kumaon polki jangchilari, shuningdek, Hindiston harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari vakillari bor. Mashg‘ulotlar Rossiyaning Nijegorod viloyatidagi Mulino poligonida bo‘lib o‘tmoqda.
Hindiston Mudofaa vazirligi bunday ishtirokni mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlash va Moskva bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish maqsadi bilan izohlagan.
Biroq, The Times va ayrim g‘arb tahlilchilari Hindistonning bu qadamini AQSh bilan sovuqlashib borayotgan munosabatlar fondida baholab, uni geosiyosiy “qizil chiziq”dan o‘tish deb atadi. Mashg‘ulotlarda hind harbiylari qo‘shni davlatlar bilan mojarolar ssenariyesi ustida ishlayotgani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, Reuters xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlarda amerikalik harbiy kuzatuvchilar ham qatnashgan. Bu voqea Polsha o‘z havo hududini buzgan Rossiya dronlarini urib tushirganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Amerikalik kuzatuvchilarning ishtiroki Vashingtonning Minsk bilan aloqalarni tiklashga bo‘lgan urinishlari sifatida baholanmoqda. O‘tgan hafta AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning vakili Jon Koal Belarus poytaxtiga tashrif buyurib, elchixona ishini tiklash va savdo aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirgan.
Tahlilchilarga ko‘ra, Tramp Belorussiyani Rossiyadan uzoqlashtirishga urinishdan ko‘ra, bu aloqalarni Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarga vosita sifatida ishlatmoqchi bo‘lishi mumkin.