Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston eksportni himoya qilish maqsadida AQShdan import qilinadigan mahsulotlar uchun bojlarni pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Hindiston eksportni himoya qilish maqsadida AQShdan import qilinadigan mahsulotlar uchun bojlarni pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Bu haqida Reuters xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Hindiston AQSh bilan tuzilgan savdo bitimining birinchi bosqichida bojlarni 55 foizga kamaytirishga tayyor. Hozirda ushbu segmentdagi mahsulotlar importiga 5 foizdan 30 foizgacha bo‘lgan tariflar qo‘llaniladi.

"Hindiston qiymati 23 milliard dollardan ortiq bo‘lgan import mahsulotlari uchun bojlarni sezilarli darajada kamaytirishga yoki ularning ba’zilarini butunlay bekor qilishga tayyor", — deya aniqlik kiritdi agentlik suhbatdoshlaridan biri.

Reuters manbalarining ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar mahsulotlari uchun savdo bojlarini pasaytirish bo‘yicha qaror yakuniy emas va hozirda muhokama jarayoni davom etmoqda.

Kiritildi: 21:11 25.03.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!