Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston AQShga Rossiya neftidan voz kechish shartlarini yetkazdi

Hindiston AQShga Rossiya neftidan voz kechish shartlarini yetkazdi

Hindiston rasmiylari Tramp ma’muriyatidan Rossiya nefti importini sezilarli darajada qisqartirish evaziga sanksiyalar ostida bo‘lgan Eron va Venesueladan neft sotib olishga ruxsat berishni so‘radi, deb yozdi Bloomberg.

Shu hafta AQShga tashrif buyurgan delegasiya rasmiylar bilan uchrashuvlar chog‘ida bu iltimosni takrorladi, dedi agentlikka muzokaralardan xabardor manba.

Hindiston vakillarining ta’kidlashicha, Rossiya, Eron va Venesueladan – eng yirik ta’minotchilardan neft yetkazib berishning bir vaqtning o‘zida to‘xtatilishi jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Muzokaralar Vashington Rossiya bilan neft savdosi uchun Hindistonga qarshi qat’iy tariflar joriy qilganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi, biroq ta’kidlanishicha, mamlakat Rossiya neftini kichikroq hajmda bo‘lsa ham import qilishda davom etmoqda.

Hindiston savdo vaziri Piyush Goyyal shu hafta Nyu-Yorkda Amerika neft va gazi xaridlarini ko‘paytirish istagini bildirdi.

«Bizning energiya xavfsizligi maqsadlarimiz unda AQSh ishtirokining juda yuqori ulushini nazarda tutadi», dedi u.

Bloomberg nashrining yozishicha, Hindistonning neftga bo‘lgan ehtiyojining deyarli 90 foizi import hisobidan qoplanadi va Rossiyaning arzonroq ta’minoti mamlakatning import hisobiga yukni kamaytirishga yordam beradi.

Hindiston tankerlar orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining eng yirik xaridori hisoblanadi.

Kiritildi: 23:25 25.09.2025. O'qildi: 4286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!