Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Hid bilishning buzilishi qaysi kasallikdan darak beradi?

Hid bilishning buzilishi qaysi kasallikdan darak beradi?

Hid bilish bir qarashda eshitish va ko‘rishga nisbatan ikkinchi darajali hissiyotga o‘xshaydi. Ammo aynan hid bilish orqali biz tashqi muhitdagi xavf-xatar va qabul qilinayotgan ovqatimizning ta’mi haqida ma’lumot olamiz.

* “Science” jurnalining 2014 yildagi ma’lumotiga ko‘ra, inson burni 1 trilliongacha hidlarni aniq farqlay olar ekan.

*    Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti professori Dolores va tekshirishlariga ko‘ra, dunyodagi eng yoqimli hid sifatida vanil isi, bir qator sitrusli mevalar va dolchin hidi tan olingan.

*    Professor Malaspin fikricha, hid bilish eng qadimgi hissiyot bo‘lib, tashqi muhitning kimyoviy tarkibini his qilish hissi hatto bir hujayrali jonzotlarda ham mavjud ekan.

*    Bir qator hid bilish nuqsonlari mavjud. Masalan:  anosmiya – hid bilishning to‘liq yoki qisman buzilishi, dizosmiya – bir hidning o‘rniga boshqa hidni his qilish, giperosmiya – hidni bo‘rttirib his qilish.

*    Tel-Aviv universiteti olimlari inson shaxsini aniqlashning yangi usulini yaratishdi. Ularning nazariyasiga ko‘ra, teri hidi har bir inson uchun o‘ziga xos bo‘lib, «barmoq izlari»ning kimyoviy ko‘rinishi hisoblanadi.

*    Hid bilish ta’m bilishning 75-95 foizini tashkil qilib, mahsulotni hidlamasdan uning ta’mini ajratish qiyin va faqat teksturasiga ko‘ra bir taomni ikkinchisidan farqlash mushkul hisoblanadi.

*    Hid bilishning buzilishi Alsgeymer kasalligining rivojlanishini anglatib, bunda hid bilishning buzilishi bosh miya markazlarining faoliyatini buzilishi bilan xarakterlanadi.

*    Hid qabul qilishning buzilishi autizmning tashxislashni bir turi hisoblanadi. Ayrim tekshirish natijalariga ko‘ra, autizm bilan jabrlangan bolalar yoqimli va yoqimsiz hidlar orasidagi farqni ajrata olmaydi. Ular har ikkala hidni bir xilda qabul qiladi va hidlardan qochmaydi.  

 

 

Kiritildi: 06:30 18.08.2019. O'qildi: 26370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!