Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hibsxonada saqlanayotgan shaxslarga dam olish kunlari va bayramlarda uzoqroq sayr qilish huquqi beriladi

Hibsxonada saqlanayotgan shaxslarga dam olish kunlari va bayramlarda uzoqroq sayr qilish huquqi beriladi

18 noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida "Jinoyat ishi yuritilishida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Loyihaga ko‘ra, tergov hibsxonasidagi amal qilayotgan bir qator qoidalar qayta ko‘rib chiqilishi, saqlanayotgan shaxslarning kundalik ehtiyojlari yaxshilanishi va gumanitar standartlar mustahkamlanishi taklif etilmoqda.

Qonun loyihasida qamoqda saqlanayotgan shaxslarga dam olish va bayram kunlarida qo‘shimcha ravishda kiyim-kechak va poyabzal olish huquqi, shuningdek, sayr qilish muddati hozirgi kamida bir soatdan kami bo‘lmay, ikki soatgacha uzaytirilishi taklif qilinmoqda.

Hozirgi paytda tergov hibshonasida saqlanayotgan shaxslar IIV buyrug‘iga muvofiq har oyda eng kam ish haqining 50 foizigacha (635 500 so‘m) oziq-ovqat va birinchi navbatdagi ehtiyoj mollariga sarflay oladi. Loyihada bu miqdorni 100 foizga — 1 271 000 so‘mgacha oshirish taklif qilingan.

Ombudsman fikriga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi konstitusiyaviy gumanizm tamoyillari, sharofat va qadr-qimmatga hurmat, inson huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi, milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga yaqinlashtirishga yordam beradi va mamlakatning xalqaro reytinglar hamda indekslardagi o‘rnini yaxshilaydi.

Kiritildi: 21:38 18.11.2025. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!