"Telegram" va ijtimoiy tarmoqlarda “lyuboy toifadagi prava taxlab berish”, “original (bazaga chiqadi)”, “ekzamensiz” kabi yolg‘on va’dalar bilan tarqatilayotgan e’lonlarga uchrasangiz — bu firibgarlikdir! Bunday ma’lumotlarga ishonmang va darhol tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Hech qanday imtihonsiz, qonunga xilof ravishda “original” haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilishi mumkin emas. Bunday va’dalarga uchmaslik uchun ogoh va hushyor bo‘ling!