1 noyabrdan boshlab O‘zbekistonda YHXX inspektorlari yo‘lning ayrim qismlarida yagona va qo‘shaloq yaxlit chiziqni (1.1 va 1.3 chiziqlari) kesib o‘tganlik uchun bayonnoma rasmiylashtirmaydi.
📌 Bu chorrahalargacha bo‘lgan 50 metr masofaga va maxsus belgilangan qayrilib olish joylarigacha bo‘lgan 20 metr masofaga taalluqli. Yo‘lning boshqa qismlarida bunday qoidabuzarlik uchun jarimalar saqlanib qoladi.