Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Havodan suv ajratib oladigan samarali tizim ishlab chiqildi

A A A
Havodan suv ajratib oladigan samarali tizim ishlab chiqildi

Xitoylik fiziklar gidrogel asosidagi materialni ishlab chiqishdi, uning har bir kilogrammi nam havo bilan o‘zaro ta’sirga kirishganida 6,4 litrgacha suvni o‘zlashtira oladi.

Bu esa bunday suv ishlab chiqarish tizimlari uchun rekord darajadagi yuqori ko‘rsatkichdir.

“Atmosfera suvini yig‘ish bo‘yicha biz ishlab chiqqan texnologiya turli maqsadlarda, jumladan, odamlar va sanoat korxonalarining kundalik ehtiyojlari uchun, shuningdek, turli gigiyenik maqsadlarda suv olish uchun ishlatilishi mumkin”, dedi Szyaotun Shanxay universiteti professori Van Juchju.

Professor Van Juchju havodan suv ajratib oladigan, yanada samaraliroq va foydalanish uchun qulayroq gidrogel asosidagi muqobil tizimni ishlab chiqdi. Gidrogellar ko‘p miqdorda namlikni o‘zlashtira oladigan va uni uzoq vaqt ushlab turadigan polimer tuzilmalardir, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 12:42 06.12.2023. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!