Prezident farmoniga binoan, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kodi 8509 80) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi.
Shuningdek, maxsus laboratoriya uchun uskunalar va boshqa jihozlar, avtomatlashgan kichik stansiyalar (TIF TN kodi 9027), tashlamalarning avtomatik monitoring stansiyalari (TIF TN kodi 9027), avtomatik kuzatuv postlari (TIF TN kodi 9027), chang‘-gaz tozalash uskunalari (TIF TN kodi 8421), lokal suv tozalash inshootlari (TIF TN kodi 8421) ham bojdan ozod etiladi.