Bugundan boshlab yurtimizda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda.
👨👩👧👦 Energetika vazirligi Axborot xizmtining ma’lum qilishicha, yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirildi.
👨👩👧👦 Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda.
🌡️Sovuq kunlarda energiyaga bo‘lgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda aholi va ijtimoiy ob’ektlarni barqaror ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘ladi.