Bugun ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov Bishkekdagi boks oqshomida ringga ko‘tarilishi lozim edi.
Hamyurtimiz Qirg‘iz Respublikasi poytaxtida o‘tkaziladigan boks oqshomida meksikalik Rene Kalikstoga qarshi jang qilishi kerak edi.
Ammo, Olamsport.com ma’lumotiga ko‘ra, bokschimizning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar sababli ushbu jang bekor qilindi.