Vladimir Putin Rossiya hududlarida dronlarga qarshi himoya bo‘linmalariga «D» toifasidagi yaroqlilik darajasiga ega ko‘ngillilarni jalb qilish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu toifaga harbiy xizmatga to‘liq yaroqsiz deb topilgan, jumladan, og‘ir kasalliklari yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar kiradi.
Gap bunday ko‘ngillilarni frontga yuborish haqida emas, balki Rossiya ortidagi hududlardagi mintaqaviy havo mudofaasida ulardan foydalanish ehtimoli haqida ketmoqda. Rossiya hududlari Ukraina tomonidan uchirilayotgan uzoq masofali dronlar zarbalariga muntazam duch kelmoqda. Hozirda «D» toifasiga kiruvchi fuqarolar harbiy xizmatdan ozod qilingan va hatto ko‘ngilli sifatida ham armiyaga qabul qilinmaydi.
«D» toifasiga, xususan, ko‘zi ojiz va kar-soqovlar, shuningdek, og‘ir va davolab bo‘lmaydigan jismoniy yoki ruhiy kasalliklarga ega fuqarolar kirishi mumkin.
Bu taklif Rossiyada shaxsiy tarkib yetishmasligi va Davlat dumasi saylovlaridan keyin yangi safarbarlik e’lon qilinishi ehtimoli haqidagi muhokamalar fonida yangradi. Biroq Rossiya hukumati bunday rejalar mavjudligini rasman rad etmoqda.