Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Harakatlanayotgan poyezd tagiga tushib ketgan qizaloq omon qoldi

A A A
Harakatlanayotgan poyezd tagiga tushib ketgan qizaloq omon qoldi

 

Hindistonlik harbiy, harakatlanayotgan poyezd tagida qolgan qizni qutqarib qoldi. 

Mumbay vokzalida kamera videokuzatuvi olgan kadrlarga asoslanib, bu haqda «Metro» yozadi. 

Tasvirlarda tezlashayotgan poyezd ortidan qizalog‘i bilan yugurib ketayotgan ayolni ko‘rish mumkin. Ona vagonga chiqib olishga ulguradi, biroq qo‘lini qo‘yib yuborgan farzandi vagon va platforma orasiga tushib ketadi. Bekatda o‘tirgan harbiy kishi esa vaziyatni zudlik bilan anglab, bolani poyezd tagidan chiqarib olgan. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra xaloskorning ismi sharifi Sachin Pol. U va qizaloq kichik jarohat olgan. Ularga vokzal tibbiyot xonasida o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatilgan. Qizning otasi izoh berishicha, u oila a’zolaridan oldinda ketayotgani uchun nima sodir bo‘lganini ko‘rmagan. Qolaversa, rafiqasi ham Mumbayda birinchi marta bo‘lgani uchun poyezdlar bu qadar tezlikni oshiridan bexabar bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham, u farzandini omon saqlab qolgan insondan bir umr minnatdor endi. 

Manba: uza.uz
 

Kiritildi: 06:13 15.05.2018. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik