Evropa Ittifoqi urushga tayyorlanmoqda: Har bir fuqaro 72 soat davomida oziq-ovqat va suv zaxirasini to‘plashi kerak, deb xabar bermoqda Politico nashri Strategiya loyihasiga tayanib.
Evropa urush, pandemiya va inqirozlarga tayyor bo‘lishi kerak. Har bir fuqaro 72 soat davomida oziq-ovqat va suv zahirasini saqlashi kerak deb yozadi Politico nashri Yevrokomissiyaning "Ittifoqning tayyorlik strategiyasi" loyihasiga tayanib.
Favqulodda vaziyatlarda dastlabki davr eng muhim davr hisoblanadi, shuning uchun unga tayyor bo‘lish zarur. Shunday qilib, loyihaga ko‘ra, har bir Yevropa Ittifoqi fuqarosi kamida 72 soat davomida oziq-ovqat va suv bilan ta’minlanishi kerak.