UFC matbuot xizmati Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 turniri yakunlariga ko‘ra jangchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Bogdan Guskov o‘z vaznida kuchli 10 talikka kirib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Guskov UFC on ABC 9 turnirida rossiyalik Nikita Krilovga qarshi oktagonga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Qayd etish joiz, Bogdan UFCda qatorasiga to‘rtinchi jangida ham zafar quchdi.